Budapesht meri Toshkentga keldi
Vengriya davlatining Budapesht shahri meri va bir guruh delegatsiya azolari poytaxtimizga tashrif buyurdi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida delegatsiya a’zolarini Toshkent shahar hokimi hamda hokimlikning mutasaddi rahbarlari kutib oldi.
Toshkentdagi «Ma’rifat va madaniyat» saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Budapesht shahri meri hamda Toshkent shahar hokimi ishtirokida ikki tomonlama memorandum imzolandi.
Ushbu memorandumga ko‘ra Budapesht shahri va Toshkent shahrining hamkorlik masalalari va shaharlarning infratuzilmasi, ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga doir bir qator masalalari e’tiborga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter