Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelayotgan yangi yil ham O‘zbekistonda qorsiz o‘tadi

Kelayotgan yangi yil ham O‘zbekistonda qorsiz o‘tadi

Foto: «Xabar.uz»

Respublika Gidrometeorologiya markazi 29-31-dekabr kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 29-31-dekabr kunlari butun respublika bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Yangi yil bayrami kunida O‘zbekiston hududida qor yog‘ishi kutilmayapti.

Seshanba, 31-dekabr kuni kechasi havo harorati 0…+5 darajagacha pasayishi, kunduzi +7…+12 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

31-dekabr kuni tog‘li hududlarda kunduzgi havo harorati -3…+2, kechasi esa -3…-8 daraja bo‘ladi. 29-31-dekabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring