Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu yilgi paxta terimi uchun to‘lanadigan haq miqdori ma’lum bo‘ldi

Bu yilgi paxta terimi uchun to‘lanadigan haq miqdori ma’lum bo‘ldi

1 kilogramm paxta birinchi terimda 1000 so‘m, ikkinchi terimda 1 400 so‘m bo‘ladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umrzoqov ma’lum qildi.

Vazir o‘rinbosarining aytishicha, paxta mavsumida yaxshi teradigan terimchilar kuniga 100-120 ming so‘m atrofida daromad olishlari mumkin.

«Paxta teruvchilar 2 xil bo‘ladi. Birinchisi, o‘z manzilida paxta teradiganlar, ikkinchisi esa boshqa hududlardan kelib terimga yordamlashadiganlar. Barcha terimchilar uchun mehnat sharoitlari tashkillashtiriladi.

Terimga, avvalambor, ishsizlar: yoshlar, xotin-qizlar, xohish bildirsa, keksalarni ham jalb qilamiz», dedi Bahodir Umrzoqov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring