Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu yil 1370 dan ziyod masjidda xatmi Qur’on o‘tkaziladi

Bu yil 1370 dan ziyod masjidda xatmi Qur’on o‘tkaziladi

Foto:«Xabar.uz»

Bu yil yurtimiz masjidlarida taroveh namozi o‘qiladi, 1370 dan ziyod masjidda xatmi Qur’on o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lumki, 2020-yil koronavirus pandemiyasi sabab yurtimizdagi masjidlar faoliyati to‘xtab, xalqimiz kundalik besh vaqt namoz, juma, hayit va taroveh namozlarini jamoat ila ado etolmagan edi. 

Ta’kidlash joizki, yildan-yilga masjidlarimizda xatmi Qur’onlar ziyoda bo‘lib, tartib va o‘zgacha tarovatda o‘tmoqda. Misol uchun, 2019-yil 1220 masjidda, 2018-yil 1149 masjidda xatmi Qur’on o‘tkazilgan edi, deyiladi idora xabarida.

Avvalroq, masjidlarda Ramazon oyi va taroveh namozlariga tayyorgarlik boshlangani haqida xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring