«Bu mavzuni muhokama qilish — yerni dumaloq deb tan olamizmi yoki yo‘qmi degandek gap»
«Twitter» platformasida jiddiy mavzularga bag‘ishlangan audiochatlar bo‘lib o‘tmoqda.
Hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashlariga ham boshchilik qilishi haqidagi qoidani Konstitutsiyadan chiqarib tashlash mavzusida bo‘lib o‘tgan audiochatda tadbirkor, Korzinka.uz asoschisi Zafar Hoshimov ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Shu kungacha ushbu masala mantiqqa to‘g‘ri kelmas edi. Qaysi pog‘onada bu mantiqiy bo‘lganini tasavvur qila omayman. Tarixan ham va hozir ham bu narsani noto‘g‘ri, deb bilaman».
Hoshimovning ta’kidlashicha, har bir kengash deputatlariga maosh berilishi kerak. Jamotchilik asosida oyliksiz ishlansa, shunga yarasha natija bo‘laveradi.
«Deputatlarga oylik berilsa, mas’uliyat oshadi, prioritetlar belgilanadi. Agar mamlakatda deputatlarga oylik berishga budjetda pul bo‘lmasa, demak, tuman darajasida bunday kengash bo‘lmagani ham yaxshi.
Qurbimiz yetmasa, mayli, shahar yoki viloyatda bo‘lsin. Va rayon masalalari ham shahar yoki viloyat darajasida ko‘rib chiqilaversin», degan Zafar Hoshimov «Twitter»da o‘tazilgan audiochatda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter