Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bu kutubxonamdagi oxirgi rasm». Dima Qayumning mashhur kutubxonasi yana buzilishga tushdi

«Bu kutubxonamdagi oxirgi rasm». Dima Qayumning mashhur kutubxonasi yana buzilishga tushdi

Foto: Dima Qayum

Rishtonlik Dilshod Boltaboyev (Dima Qayum)ning xayriya bilan qurgan «Xalq kutubxonasi» yana buzilishga tushdi. Bu haqda u feysbukdagi sahifasida ma’lum qildi.

«MILLAT KELAJAGI uchun bu kutubxona kerak edi!

Avval joy berib keyin buzish kerak edi...

Ko‘plab yoshlarning ziyo maskani edi!

Kitob o‘qi, bilimli bo‘l, deydilar lekin qani o‘sha inson? Mayli, buzilishga qarshi emasman lekin...

Bu rasm kutubxonamdagi oxirgi rasm.

Lekin kurashaman oxirigacha.

Yo hammasi yo hechnima!

Afsus, Afsus...», deya yozib qoldirgan Dima Qayum.


Mavzu doirasida: Bizga ham «Mitxun»lar kerak!


Eslatib o‘tamiz, bundan bir yil muqaddam ham Rishtonlik tadbirkor Dilshod Boltaboyev «Feysbuk»dagi sahifasida tuman «Dehqon bozori» MChJ tomonidan bozor hududida qurilgan xalq kutubxonasini 10 kun muddatda bozor hududidan ko‘chirish yuzasidan ogohlantirish xati kelganini ma’lum qilgan edi.

Ushbu ogohlantirish yuzasidan Dima Qayum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaatnoma yo‘llagan edi. Uning murojaatnomasi Prezident matbuot xizmati tomonidan bee’tibor qolmagan va alohida nazoratga olingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring