Botanika bog‘ida Ikkinchi jahon urushi sahnasi (video)
O‘zbekistonda 9-may — Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan bayram tadbirlarida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 16-apreldagi «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi farmoni hamda «Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ko‘plab madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Bugun Toshkentdagi Botanika bog‘ida mazkur bayramga atab marosim bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.
Shundan so‘ng bog‘da tayyorlangan maxsus sahnada urush vahshati, qirg‘inbarotlar aks etgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Hamid Olimjon va Zulfiyaning urush haqida o‘zlari o‘qigan she’rlar eshittirildi. Quyidagi video orqali ko‘rishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter