Bo‘stonliqda radardan qochgan haydovchilar jarimaga tortildi (video)
Kunlarning keskin isishi natijasida dam olish maqsadida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga borib-kelayotgan fuqarolar oqimi ko‘paymoqda. Dam oluvchi fuqarolarning yo‘llarda xavfsiz harakatlanishi, tezlik oqibatida sodir bo‘luvchi ko‘ngilsiz yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida «Bektemir-Chorbog‘» avtomobil yo‘liga yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari o‘rnatilgan. Ayrim haydovchilar avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalariga tushmaslik va belgilangan jarimalardan qochish maqsadida o‘z avtoulovlarini davlat raqam belgilarini yechib olib yoki berkitib xarakatlanishga urinishmoqda.
Shu holatlarni hisobga olgan Toshkent viloyati IIB YHX xizmati xodimlari tomonidan maxsus reydlar amalga oshirilmoqda. Reydlar davomida davlat raqam belgilarini yechib olingan yoki davlat raqam belgilarini har-xil ashyolar yordamida berkitishga uringan avtomashinalar aniqlanib, ularga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirilib, vaqtinchalik jarima maydonlariga qo‘yilmoqda. Ushbu holat bo‘yicha yil boshidan buyon 27 ta holat aniqlangan.
So‘nggi reydlar davomida «Bektemir-Chorbog‘» yo‘lida bir necha qonunbuzarlarga nisbatan keskin choralar ko‘rildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter