Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘stonliqda «Qizil kitob»ga kiritilgan ayiq o‘ldirildi. Ovga Ekologiya qo‘mitasi rahbari ruxsat bergan

Bo‘stonliqda «Qizil kitob»ga kiritilgan ayiq o‘ldirildi. Ovga Ekologiya qo‘mitasi rahbari ruxsat bergan

Foto: «Ekologuz»

Bo‘stonliqda O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i otib o‘ldirildi. Ma’lum bo‘lishicha, ovga shaxsan Ekologiya qo‘mitasi rahbari ruxsat bergan. 

Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Alisher Maksudovning imzosi bilan O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan 2 ta Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otish uchun Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Shirokov Ye.P ga 2021-yil 3-mart kuni №400030-son ruxsatnoma berilgan, deya yozadi Ekologuz kanali.

Mazkur ruxsatnoma ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Bo‘stonliq tuman inspeksiyasida №4-son bilan 2021-yil 31-mart kuni ro‘yxatga olingan.

Ovchi — Rossiya Federatsiya fuqarosi Shirokov Ye.P. esa Bo‘stonliq tumanida 1 ta qo‘ng‘ir ayiqni otib, u bilan vahshiylarcha suratga tushgan.(Unda yana bitta Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otishga ruxsatnomasi bor).

Eslatib o‘tamiz mazkur ayiqlar atigi 150 dona atrofida qolgandi. Bu ketishda birortasi qolmaydi. Qizil kitobga kiritilgan jonivorlarni ov qilish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktyabrdagi 290-sonli «Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida»gi qarori bilan tartibga solinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring