Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosniyada rossiyaparast siyosatchi qamoq jazosiga hukm etildi

Bosniyada rossiyaparast siyosatchi qamoq jazosiga hukm etildi

Bosniya serblari yetakchisi va rossiyaparast siyosatchi  Milorad Dodik bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. 

Bosniya va Gersegovina sudi Bosniya serblari yetakchisi Milorad Dodikni bir yillik qamoq jazosiga hukm qildi va olti yilga siyosat bilan shug‘ullanishni man qildi. Biroq Dodik bu qarorni tan olmadi va o‘zini Serb Respublikasining qonuniy rahbari deb hisoblashda davom etmoqda.

Dodik Konstitutsiyaviy sud va xalqaro hamjamiyatning Bosniya va Gersegovinadagi Dayton tinchlik kelishuvlarining bajarilishini kuzatuvchi oliy vakili Kristian Shmidt qarorlarini bajarmaganlikda aybdor deb topildi.

Dodik ustidan sud jarayoni bir yil davom etdi. Bosniya serblari rahbari apellyasiya berish huquqiga ega. Milorad Dodikning o‘zi hukm o‘qilishi paytida sud zalida bo‘lmagan, Banya-Luka shahrida, Serb Respublikasi parlamenti binosida bo‘lgan. Dodik tarafdorlari parlament binosi oldida to‘planishgan.

Dodik Bosniya va Gersegovinaning ma’muriy qismi bo‘lgan Serb Respublikasini boshqaradi. Hudud rahbariyati Bosniya va Gersegovinadan mustaqillik tarafdori va Moskva tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Avvalroq AQSh va Buyuk Britaniya Bosniya va Gersegovinaning barqarorligi va hududiy yaxlitligiga tahdid solayotgan Milorad Dodikga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring