Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuror xodimlarini dalaga olib chiqdi

Bosh prokuror xodimlarini dalaga olib chiqdi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

O‘tgan shanba kuni ertalab Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev poytaxt biqinidagi Qibray tumaniga bordi. Yuksak lavozimdagi shaxs shahardan bir qadam nariga yolg‘iz chiqmasligi ayon.

Bu safar ham shunday bo‘ldi: u o‘zi bilan markaziy mahkamaning katta-yu kichigidan tashqari Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Majburiy ijro byurosi mutasaddilarini  ham oldiga solib bordi. Chunki, maqsad soya-salqinda majlis-u mashvarat  o‘tkazish emas, naq dalaning o‘zida peshonani terlatib ishlash edi.

Ya’nikim, davlat rahbari tomonidan «Yashil makon» umummilliy loyihasida ishtirok etmoq uchun  tizim xodimlari  qo‘liga belkurak- ketmon oldi. Va Qibraydagi bir necha gektarli tashlandiq holatda bo‘lgan yer maydonini tekislanib, shudgor qildilar, so‘ng mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, ushbu joyda bir necha ming mevali ko‘chatlar ekib tashladilar.

Shu tariqa yangi bog‘ barpo etildi. E’tiborlisi, ushbu bog‘dan foydalanish va daromad olishga prokurorlar da’vo qilmaydi. Chunki, shu kuniyoq bog‘ tumanning uyushmagan yoshlariga teng bo‘lib berildi: hammasi ularga endi...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring