Bosh prokuratura tashabbusi bilan Mo‘ynoqda avtostansiya barpo etildi
28-yanvar kuni Bosh prokuratura tashabbusi bilan Mo‘ynoq tumani aholisini sifatli transport xizmati bilan ta’minlash maqsadida, yangi avtostansiya qurilish ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi. Bu haqda Bosh prokuratura matubuot xizmati xabar berdi.
Mazkur loyiha qiymati 1 mlrd. so‘m bo‘lib, avtostansiya binosi uchun tuman markaziga kirishda yer maydoni ajratilib, qurilish ishlari 2019-yilning oktyabr oyida boshlangan.
Avtostansiya binosida avtobekatdan tashqari, savdo do‘koni, avtotransportlar uchun ehtiyot qismlar do‘koni, dispetcher xonasi, ona va bolalar xonasi hamda yo‘lovchilar uchun kutish joyini o‘z ichiga olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter