Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura qarzdorligi tufayli o‘zini osgan fermer yuzasidan bayonot berdi

Bosh prokuratura qarzdorligi tufayli o‘zini osgan fermer yuzasidan bayonot berdi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Do‘stlik tumanida fermer xo‘jaligi raxbari fuqaro S.B. joriy yilning 6-noyabr kuni soat taxminan 11:30 larda yashash xonadonining qo‘shimcha qurilgan omborxonadasida arqon bilan o‘zini-o‘zi osib, o‘z joniga qasd qilgan va natijada voqea joyida vafot etgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Do‘stlik tuman prokuraturasi tomonidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasining 19-noyabrdagi xulosasiga ko‘ra, S.B. o‘limiga «bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan qisilishi natijasida mexanik asfeksiya sabab bo‘lganligi» ko‘rsatilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarida fuqaro S.B.ni o‘z joniga qasd qilganligi Bosh prokuratura huzuridagi majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan mol-mulklari musodara qilinganligi sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgandi.

Shunga asosan, majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan fuqaro S.B.ning uyida o‘tkazilgan ijro harakatlarining qonuniyligi o‘rganilgan.

O‘rganishda fermer xo‘jaligi raxbari bo‘lgan S.B. 2017-yil hosildorligi uchun ajratilgan 104,6 mln imtiyozli kreditdan ATB «Agrobank» tuman filialidan 58,1 mln so‘mlik qarzdorligi mavjud bo‘lgan.

Do‘stlik tumanlararo iqtisodiy sudining 2017-yil 25 dekabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra fermer xo‘jaligi xisobidan ATB «Agrobank» Do‘stlik tumani filiali foydasiga 58,1 mln. so‘m undirish belgilangan.

Sudning mazkur qarori 2018-yil 26-yanvardagi ijro varaqasi bilan majburiy ijro byurosining Do‘stlik tumani bo‘limiga kelib tushgan va davlat ijrochisi Sh.A..2018 yil 22 fevralda ish yurituvga olgan va qarzdor S.B.ga qarzdorlikni to‘lash uchun 5 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan biroq, qarzdorlik to‘lab berilmagan.

Ijroni ta’minlash maqsadida MIB viloyat boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘iga asosan byuroning Jizzax shahar bo‘limi davlat ijrochilari Sh.M. va O.K.lar qarzdor S.B.ning yashash xonadoniga xolislar D.Ya. va D.N.lar bilan birgalikda borishgan va qarzdorning uyidan onasi G.B. ishtirokida o‘lchami 3x4 metr bo‘lgan 1 dona gilam dalolatnomaga asosan rasmiylashtirib olingan. (ushbu gilam fermer xo‘jaligi balansida bo‘lmaganligi aniqlanib,  S.B.ning oila a’zolariga qaytarilgan).

Bundan tashqari, Do‘stlik tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga ko‘ra fermer xo‘jaligi xisobidan ATB» Do‘stlik tumani filiali foydasiga 220,1 mln. so‘m undirish belgilangan.

O‘rganishda fermer xo‘jaligi raxbari S.B. 2018-yil hosildorligi uchun ajratilgan 271,6 mln imtiyozli kreditdan ATB «Agrobank» tuman filialidan 220,1 mln so‘mlik qarzdorligi mavjud bo‘lgan.

Sudning mazkur qarori majburiy ijro byurosining Do‘stlik tumani bo‘limiga kelib tushgan.

Mazkur ijro ishi yuzasidan xizmat safariga yuborilgan MIB Jizzax shahar bo‘limi davlat ijrochilari T.N. va X.M.lar 5-noyabr kuni qarzdor S.B.ni uyiga ajrim bilan tanishtirish va uning ijrosini ta’minlash uchun borganida qarzdor uyida bo‘lmaganligi sababli uning onasi G.B.ga qarzdorlikni to‘lashi yuzasidan tushuntirish berilganligi aniqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring