Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura og‘riqli masala bo‘yicha telegramm-bot ishga tushirdi

Bosh prokuratura og‘riqli masala bo‘yicha telegramm-bot ishga tushirdi

Foto: Xabar.uz

«Obod qishloq», «Obod mahalla» va boshqa  dasturlar ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida maxsus telegram-bot (@obod_mahalla_dasturi_bot) dasturi ham ishlab chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.

«Agar Siz yashayotgan hududda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida qurilayotgan bino-inshootlarda kamchiliklarni payqasangiz, qurilish ishlarining sifatsiz olib borilayotgani yoki to‘xtab qolganining guvohi bo‘lsangiz, asl holatni suratga oling va maxsus telegramm-botga joylashtiring!

Buning uchun mavjud kamchilikni suratga olasiz va maxsus telegramm-botga kirib, ob’yekt joylashgan hududni belgilab, «Yuborish»  tugmasini bosasiz. 

Elektron dastur «Ishchi guruh»ni avtomatik tarzda qizil belgi bilan kelib tushgan murojaat haqida xabardor qiladi», – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, murojaat tushgandan so‘ng «Ishchi guruh» tomonidan mavjud salbiy holatni bartaraf etish choralari ko‘riladi. 

Bunda barcha fuqarolar qurilish ishlari bilan tanishib, kamchiliklar to‘g‘risida o‘z murojaatini  yuborish imkoniga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring