Bosh prokuratura «Hi-tech bank»dagi firibgarlar haqida axborot berdi
Joriy yilning 22-aprel kuni Bosh prokuratura tomonidan ayblanuvchi Ya.M.ning 200 ming AQSh dollari miqdoridagi pulini undirgan A.S. ismli shaxs qo‘lga olindi.
Shuningdek, «Hi-tech bank»ning javobgar shaxslari L.Z. va U.I.ga tekshiruv davomida aniqlangan zararni kamaytirish va qamoqqa olish chorasini bekor qilishni va’da qilib, 500 ming AQSh dollari miqdorida pul undirgan fuqarolar S.A. va Ye.F. ham qo‘lga olindi.
2016-2017-yillarda F.A., R.R., D.M. uchta jinoiy ish bo‘yicha ayblanayotgan shaxslarning oila a’zolari ishonchiga kirib, mansabdor shaxslarga 150 ming AQSh dollari miqdorida pora berish lozimligini uqtirib, oqibatda umumiy hisobda 50 ming AQSh dollari va 20 mln. so‘m pulga ega bo‘lishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter