Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura fuqaroning videomurojaatiga javob qaytardi

Bosh prokuratura fuqaroning videomurojaatiga javob qaytardi

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura tomonidan internetda fuqaro M.Akbarova tomonidan e’lon qilingan videomurojaat o‘rganib chiqilgan.

Unga ko‘ra, M.Akbarova huquqni muhofaza qiluvchi organlardan prokuratura xodimi Raxmatullayev Shavkat Shermatovichdan 19 ming AQSh dollari miqdordagi pullarini qaytarib olib berishlikni so‘ragani ma’lum bo‘lgan.

Aniqlanishicha, JIB Yangiyo‘l tuman sudining hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan sudlangan Sh.Raxmatullayevdan jabrlanuvchi M.Akbarova foydasiga 13 ming AQSh dollari undirish haqidagi ijro hujjatiga asosan 2019-yil mart oyida Majburiy ijro byurosi Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan 13,8 mln. so‘m undiruvchi M.Akbarovaga tilxat asosida topshirilgan.

Videodan skrinshot.

Shuningdek, Bosh prokuraturaning aralashuvi bilan joriy yilning aprel oyida qarzdordan undiruvchi M.Akbarovaning talabiga asosan 13 ming AQSh dollari hozirgi kundagi davlat kursi bo‘yicha hisoblanib, ilgari qoplangan 13,8 mln. so‘mdan qolgan 96 mln. so‘m pul mablag‘lari undirilib, undiruvchi M.Akbarovaga tilxat asosida topshirilgan va ijro hujjati ijrosi amalda to‘liq taminlangan, deyiladi matbuot xabarida.

Fuqaro Sh.Raxmatullayev haqiqatda 2000-yilga qadar prokuratura organlari tizimida ishlab kelib, Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan prokuratura organlaridan bo‘shatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring