Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh hisobchi yarim mlrd so‘mni o‘ziga ish haqi qilib olgani aniqlandi

Bosh hisobchi yarim mlrd so‘mni o‘ziga ish haqi qilib olgani aniqlandi

Chilonzor tumanida tadbirkorning 506,7 mln so‘mini o‘zlashtirgan bosh hisobchi aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro V.E. «B.C.» «Ev.» va «B.F.» MChJlarda o‘rindoshlik asosida bosh hisobchi lavozimida ishlab kelib, ushbu korxonalar rahbari va ta’sischisining ruxsatisiz jami 506,7 mln so‘mini ish haqi va moddiy yordam sifatida o‘zining plastik kartasiga o‘tkazish orqali talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring