«Sen kuchlisan»: bolalar futbol yulduzlari bilan uchrashdi (video)
Joriy yilning 13 may kuni Respublika ixtisoslashgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bemor bolalar Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi.
Mehrli maktab hamda «Sen kuchlisan» xayriya tashkiloti doirasida tashkil etilgan uchrashuvda bolalar futbolchilar bilan birgalikda vaqt o‘tkazib, futbol haqida qiziqarli voqealarni tinglashdi va o‘zlari sevgan futbol yulduzlari bilan birgalikda to‘p o‘ynashdi.
Ma’lumot uchun, Mehrli maktab faoliyatidan asosiy maqsad, davolanishda bo‘lgan bolalarning hayotga ijtimoiy moslashuvini, ularning maktabgacha ta’lim hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’limni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash hisoblanadi.
O‘z navbatida «Sen kuchlisan» loyihasi onkologik va gematologik kasalliklar bilan kasallangan ana shunday bolajonlar va ularning yaqinlariga moddiy hamda ma’naviy ko‘mak berish, shuningdek, ularning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish orqali hayotga bo‘lgan intilishlarini kuchaytirishni maqsad qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter