Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bojxona tizimida rahbar kadrlar almashdi

Bojxona tizimida rahbar kadrlar almashdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Namangan viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshliqlarining ish o‘rni almashtirildi.

Prezident farmoyishiga binoan bojxona xizmati polkovnigi Hojimatov Olimjon Hamidjonovich Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, farmoyishga binoan bojxona xizmati polkovnigi Fayzulloyev Xayrullo Narzulloyevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring