Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bog‘chalarda karantin tartiblari kuchaytiriladi

Bog‘chalarda karantin tartiblari kuchaytiriladi

Foto: Xabar.uz

Xabaringiz bor, yurtimizga koronavirusning omikron shtammi kirib kelganida so‘ng ma’lum cheklovlar o‘rnatildi.

Shu munosabat bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi ham bog‘chalarda cheklovlar kuchaytirilganini ma’lum qildi

- Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida «COVID-19» pandemiyasi davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ish faoliyatiga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablar»ga qat’iy rioya etiladi;

- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bayram tadbirlari o‘tkazilishi vaqtinchalik cheklanadi;

- ota-onalar va tashqaridan mehmonlar kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi (zarur vaziyatlarda so‘nggi uch kunlik PSR testi va emlanganligi haqida sertifikati bo‘lishi lozim);

- yig‘ilishlar o‘tkazilishi cheklanadi, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish choralari ko‘riladi;

- mazkur cheklovning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda tegishli tartibda javobgarlik choralari (hayfsan, jarima va b.q.) qo‘llaniladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring