Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bobur Islomovga rektor vazifasi ham yuklatildi

Bobur Islomovga rektor vazifasi ham yuklatildi

Foto: Davlat geologiya qo‘mitasi.

Hukumat qarori (373-son, 11.06.2020-y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi Bobur Farhodovich Islomovga Geologiya fanlari universiteti rektori vazifasini bajarish yuklatildi.

Eslatib o‘tamiz, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidagi 4 ta muassasa – Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Mineral resurslar instituti, Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi institutlari negizida yaxlit majmua – zamonaviy universitet tashkil etilishi rejalashtirilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring