BMT: har kuni 137 nafar ayol o‘zining oila a’zolari tomonidan o‘ldirilgan
Butun dunyo bo‘yicha har uchinchi ayol butun umri davomida zo‘ravonlikning qaysidir turiga duchor bo‘ladi, dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ayollar ahvoli bo‘yicha IV Butunjahon konferensiyaning 25 yillik yubileyiga bag‘ishlangan Bosh assambleya yig‘ilishida. Bu 1-oktyabr kuni «Associated Press» agentligi xabar berdi.
Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot Pekin deklaratsiyasining hamma maqsadlarini ham bajarmadi: har uchinchi ayol haliyam butun umri davomida zo‘ravonlikning qaysidir shakliga duch kelmoqda.
«Har yili 12 mln nafar qiz 18 yoshga yetmasdan turmushga chiqmoqda. Dunyoning ba’zi joylarida ayollar o‘limini harbiy harakatlar bilan taqqoslash mumkin. Mana, masalan, 2017-yili har kuni o‘rtacha 137 nafar ayol o‘zining oila a’zolari tomonidan o‘ldirilgan», — dedi Guterrish.
Uning ta’kidlashicha, hali-hanuz ayollar tinchlik o‘rnatish, iqlim bo‘yicha muzokaralar, shuningdek, turli sohalarda qaror qabul qilish jarayonlaridan ko‘pincha chetlashtiriladi.
Bosh kotibning fikricha, dunyo bo‘yicha ayollar erkaklar qonuniy huquqlarining atigi 75 foiziga egalik qilishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter