Biznes ombudsman chet el korxonasi muammosini hal qildi
Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni tomonidan Angren shahrida tashkil etilgan erkin iqtisodiy zona ishtirokchilarining faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar doimiy ravishda o‘rganilib, tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, sifatli qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Sh.Q» chet el korxonasi tomonidan umumiy qiymati 2 mln AQSh dollariga teng qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi uskuna olib kelingan bo‘lib, uskunalarni olib kirishdagi bojxona rasmiylashtiruvi va ishga tushirish jarayonida elektr va tabiiy gaz tarmog‘iga ulanishdagi ayrim muammolar Biznes ombudsman ko‘magida bosqichma-bosqich to‘liq bartaraf etib borildi.
Ayni vaqtda korxonada 180 taga yaqin ish o‘rinlari yaratilib, bir oyda o‘rtacha 2,5-3 mlrd so‘m atrofida mahsulot ishlab chiqarilib, to‘liq eksportga chiqarilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter