«Biz ko‘p go‘sht yeyapmiz!» yoxud Los-Anjelesda tuzlangan go‘shtni sotish mumkin emas
Dunyoning ayrim nuqtalarida shunday qonun-qoidalar o‘rnatilganki, ularni eshitgan har qanday inson hayratga tushadi. Quyida ana shunday qiziqarli qoidalar haqida to‘xtalib o‘tamiz.
- 1920-yilgacha Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi saylovlarda ayollar ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘lmagan. 1872-yilgi saylovlarda ayollar huquqlari himoyachisi Susan B. Antoni ovoz berishga harakat qiladi. Afsuski, bu qilmishi uchun u hibsga olinadi va 100 $ jarimaga tortiladi.
- Vashingtondagi Vilbur shahrida hunuk va badbashara otlarni otish noqonuniydir.
- Utah shahrida qarindoshlar o‘zaro turmush qurishga ruxsat berilgan. Bunda faqatgina ular 65 yoshdan oshgan bo‘lishlari lozim.
- Tennesi shtatida yakshanba kunlari bolalar litsenziyasiz o‘yin o‘ynashi mumkin emas.
- Shimoliy Dakato shtatida 4 iyulda hech kimni hibsga olish mumkin emas. Odatda bu kun shaharda «Five Finger Discount Day» bayrami nishonlanadi.
- Tennesi shahrida ateist bo‘lish qonunga xilof.
- O‘tgan asrda odamlar vannaga tushishdan oldin shifokor retseptini olishi majburiy bo‘lgan.
- Challisdagi Aydaho ko‘chasida erkakning begona ayol bilan yurishi taqiqlanadi.
- Pensilvaniya shahrida ayol kishining kosmetik vositalaridan ruxsatsiz foydalanish noqonuniy hisoblanadi.
- Kalarado qonuniga ko‘ra erkak o‘z xotinini uxlab yotganida o‘pishi jazoga tortilishiga sabab bo‘ladi.
- Minnesota shahrida ota-onasidan qarovsiz qolgan 12 yoshgacha bolalar telefondan foydalana olmaydi.
- Texas shtatining Vako shahrida banan po‘choqlarini ko‘chaga tashlash taqiqlanadi. Bu ko‘chada harakatlanayotgan otlarning sirg‘alishi va lat yeyishining oldini olish uchun joriy etilgan.
- Los-Anjelesda tuzlangan go‘shtlarni sotish mumkin emas.
- Hartvort shahrida yakshanba kunlari erkaklar o‘z xotinlarini o‘pishi mumkin emas.
- Gurjistonning Quitman shahrida tovuqlar yo‘lni kesib o‘tishi qat’iyan man qilinadi.
- Michigan shtatida ayolning sochlari rasman o‘z eriga tegishlidir.
- Arizona shtatida erkak oyiga bir marta qonuniy ravishda xotinini kaltaklashi mumkin.
- Neva shahrida ayollar mo‘ylovli erkaklarning yuzidan o‘pishi qonunan cheklangan.
- Germaniyada avtomobilda harakatlanayotganda yonilg‘i tugab qolishi mumkin emas. Bunday holat yuz bergan taqdirda avtomobil egasi jarimaga tortilishi mumkin. Ushbu ko‘ngilsiz holatga duch kelmaslik maqsadida Germaniya fuqarolari avtomobil baklarini doimiy nazoratda saqlashadi.
- Kanadaning Ontario shahrida ortiqcha shovqinlarni cheklovchi qonun mavjud. Unga ko‘ra, har qanday baqiriq, qichqiriq, hushtak hamda qo‘shiqni baland ovozda hirgoyi qilishga ruxsat berilmaydi. Bunday qoidabuzarliklarni sodir etuvchilarga jarima belgilangan.
- Gretsiyaga sayohat qilmoqchi bo‘lganlar o‘zlari bilan baland poshnali oyoq kiyimlar olib bormagani ma’qul. Boisi, mamlakatning ayrim tarixiy shaharlari, xususan tarixiy qadamjolarni baland poshnalar bilan tomosha qilish taqiqlanadi. Bu bilan madaniy ob’yektlarni muhofaza qilish nazarda tutilgan.
- Italiyaning Florensiya shahrida cherkov atroflarida tushlik qilish, tetiklantiruvchi ichimliklarni iste’mol qilish jinoyat hisoblanadi. Mazkur qoida jamoat joylarida ovqatlanishni ham man qiladi. Bu — shaharni ozoda saqlash uchun joriy etilgan qonun hisoblanadi.
- Qozog‘istonda samolyotga chiqayotganda va aeroport atrofida suratga tushish va suratga olish qonunga zid hisoblanadi.
- Birlashgan Arab Amirliklarida romantik holatlar, jumladan o‘pishish, yonma yon turish, qo‘llarni ushlab turish mumkin emas. Bunday qoidabuzarliklarni amalga oshirgan turistlar ommaviy tarzda hibsga olingan va qamoqqa tashlangan. Bu qonun mamlakatda oilaviy xiyonatlarni oldini olish uchun joriy qilingan.
Nurillo Tuxtasinov tayyorladi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter