Bishkekda Botanika bog‘i yondi
Bishkekning Botanika bog‘ida yuzaga kelgan yong‘in o‘chirildi. Bu haqda Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi Elmira Sheripova xabar qildi.
Karalayeva ko‘chasida joylashgan Botanika bog‘ida yuzaga kelgan yong‘in 19-mart kuni soat 19:21 da to‘la bartaraf etildi. Kuchli yong‘in kelib chiqmadi. Olovni o‘chirishga bitta o‘t o‘chirish raschyoti jalb qilindi.
Avvalroq internetda Botanika bog‘i hududini tutun qoplagan video tarqalib ketdi. O‘simliklar alohida qo‘riqlanadigan joyning qanday hududi yongani va buning sabablari hozircha xabar qilinmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Bishkekda joylashgan Botanika bog‘i tarixiy, madaniy va me’moriy yodgorlik hisoblanadi. Shu munosabat bilan u davlat muhofazasiga olingan. 1938-yilda ochilgan bu qo‘riqxonada har xil daraxtlar, o‘simliklar va gullarning 5500 dan ortiq turi bor.
2017 yilda ham Botanika bog‘i hududida ketma-ket bir nechta yong‘in sodir bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter