Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir qator mansabdorlar javobgarlikka tortildi — Bosh prokuratura

Bir qator mansabdorlar javobgarlikka tortildi — Bosh prokuratura

Bosh prokuraturaning Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida 2024 yil bahor mavsumida amalga oshirilgan ishlar o‘rganilmoqda.

O‘rganishlarda, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida ko‘chat ekish ishlarining haqqoniyligi, natijadorligi, mas’ullar biriktirilganligi va sug‘orish tizimlarining mavjudligini tanqidiy o‘rganishda tuman-shahar mas’ullari tomonidan yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ta’minlanmaganligi aniqlandi.

Andijonda aniqlangan 19 ta holatda 1128 tup daraxt sug‘orilmaydigan yerlarga ekilganligi holati bo‘yicha 6 nafar mas’ul shaxslar, Qashqadaryoda 12 ta  holatda ekilmagan 48 348 tup daraxt qo‘shib yozilganiligi bo‘yicha Kasbi, Mirshikor, Chiroqchi tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, Kitob va Chiroqchi tuman ekologiya bo‘lim boshliqlari intizomiy hamda 2 nafar mas’ul shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi va viloyat hokimligiga  qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Shuningdek, Toshkent viloyat hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi mansabdor shaxslari Yuqorichirchiq tuman hududida ekilgan 175 tup qimmatbaho daraxtlarni qarovsiz qoldirib, nobud qilib, tabiatga 1 mlrd. 487 mln. so‘mlik zarar yetkazgan.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring