Bir guruh diniy soha vakillari AQShga tashrif buyurdi
O‘zbekistonlik bir guruh imomlar AQShga tashrif buyurdilar. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
AQSh va Kanadadagi Javlon Vahobov diniy soha vakillariga tabrik yo‘llagan.
«O‘zbekiston Respublikasining AQSh va Kanadadagi elchixonasi nomidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi a’zolarini, mamlakatimizning turli hududlaridan Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Samarqand shaharlaridan kelgan muhtaram imomlarimizni tashrifi bilan qutlayman. Bu fidoiy, qadrli, jonkuyar va mehribon ustozlarning barchasi Amerika Qo‘shma Shtatlari bo‘ylab safar qilib, Kolumbiya okrugi, Filadelfiya, Nyu-York, Sincinnati, Chikago, Orlando va Mayamiga tashrif buyurib, Ramazon oyida vatandoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazadilar. Islom dinining asl mohiyatini musulmonlarga chiroyli va ta’sirli ma’ruzalari bilan tushuntiradilar», deb yozadi Javlon Vahobov o‘zining Facebook sahifasida.
Ayni damda AQShning Vashington shtatida soat millari tonggi oltiga yaqinlashganini ko‘rsatmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter