Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Beshinchi qavatdan yiqilgan bemorning hayoti saqlab qolindi

Beshinchi qavatdan yiqilgan bemorning hayoti saqlab qolindi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yana bir murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati yozmoqda. 

Shu yilning 23 fevral kuni 2004 yilda tug‘ilgan bemor A. og‘ir holatda tez tibbiy yordam mashinasida markazga olib kelingan.

Bemor qurilish ob’yektining 5-qavatidan yiqilib tushgani sababli jarohat olgani aniqlangan. U zudlik bilan shok zaliga yotqizilib, markaz mutaxassislari tomonidan bosh miya, bo‘yin, ko‘krak va bel umurtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i a’zolarida MSKT tekshiruvi hamda qorin bo‘shlig‘i, ko‘krak qafasida ultratovush tekshiruvlari o‘tkazilib, bemorga tashxis qo‘yilgan.

Markaz direktori Doniyor Alimovga ko‘ra, bemorda dekompressiv lyaminektomiya, ayrim umurtqalarni reklinatsiya va stabilizatsiya qilish orqali umurtqa pog‘onasiga transpedikulyar sistema o‘rnatish kabi operatsiyalar o‘tkazilgan. Amaliyotlar natijasida bemorning hayoti saqlab qolindi.

Operatsiyadan keyin ko‘krak va bel sohasi MSKT qilinganda, hech qanday xafv aniqlanmagan. O‘tkazilgan jarroxlik amalyotlari va davo choralari natijasida o‘smir yigitchaning umumiy ahvoli yaxshilandi. Hozirda uning gemodinamik ko‘rsatkichlari barqarorlashib, kundan kunga ijobiy o‘zgarishlar qayd etilmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring