Besh millioninchi foydalanuvchi mukofotlandi
Davlat xizmatlari agentligi 5 millioninchi foydalanuvchisini mukofotladi. Namangan shahar Davlat xizmatlari markaziga farzandini bolalar bog‘chasiga joylashtirish uchun murojaat qilgan Muqaddas Abdullayeva ushbu mukofotga loyiq topildi.
Davlat xizmatlari agentligi 2018-yil 12-dekabriga qadar 4,5 millionta xizmat ko‘rsatgandi, 2019-yilga qadar 5 millionlik dovon ham zabt etildi.
Ayni paytda Davlat xizmatlari markazlari orqali yurtdoshlarimiz 100 dan ortiq turdagi davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga egadirlar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter