Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarus avikompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Belarus avikompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Joriy 2020-yildan Belarusning «Belavia» aviakompaniyasi Toshkentga muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda Belarus transport va kommunikatsiya vazirligi, aviatsiya departamenti direktori Artem Sikorskiy STV telekanali efirida ma’lum qilgan.

«O‘tgan yili kompaniyaning mashrurtlari tarmog‘i soni 55 taga yetdi. Bu yil yana uchta yo‘nalish qo‘shiladi: Toshkent, Vena va Reus shaharlariga », - dedi Sikorskiy.

Ayni damda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar mavjud emas.

«Belavia» mamlakatning yirik aviakompaniyalaridan sanalib, 1996-yil tashkil etilgan. Yevropa, Osiyo va MDH bo‘ylab parvozlarni amalga oshiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring