Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Behzod Musayev bosh vazir o‘rinbosari bo‘ladi

Behzod Musayev bosh vazir o‘rinbosari bo‘ladi

Foto: Xabar.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi fraksiyalari tomonidan Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Qudbiyevning nomzodi Davlat soliq qo‘mitasi raisligiga maqullangani xabar qilingandi.

Davlat soliq qo‘mitasining amaldagi raisi Behzod Musayev esa bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Behzod Musayev 2018-yilning may oyida Botir Parpiyevning o‘rniga DSQ raisi vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlagandi. 

Qonunchilikka ko‘ra, parlament tomonidan ma’qullangan hukumat a’zosi nomzodi O‘zbekiston prezidenti tomonidan tayinlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring