Bazaviy pensiya hisoblashda ish haqining chegaraviy miqdori oshiriladi
O‘zbekistonda bazaviy pensiya hisoblashda ish haqining chegaraviy miqdori hozirgi 10 barobardan 12 barobarga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining s’yezdida gapirib o‘tdi.
— Ehtiyojmand aholini ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan ta’minlash darajasi hozirgi 60 foizdan 100 foizga yetkaziladi.
Ularning barchasi davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam bilan ta’minlanadi.
Bazaviy pensiya hisoblashda ish haqining chegaraviy miqdori hozirgi 10 barobardan 12 barobarga oshiriladi. Bu – 2 million nafar fuqaroning pensiyasi, kamida 20 foizga ko‘payadi, degani.
Shu bilan birga, uy-joyga muhtoj fuqarolarga turar-joylarni ijtimoiy ijaraga berish tizimi joriy etiladi.
Manzilli ijtimoiy himoya borasida imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning himoyasi va ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga alohida e’tibor qaratamiz.
Hozirgi kunda ishlash imkoniyati bor, 162 ming nogironligi bo‘lgan shaxslarning atigi 13 foizi ishlayapti. Kelgusi besh yilda ularning bandligini 3 barobar oshirishni ko‘zda tutuvchi, kasbga o‘qitish va ish bilan ta’minlash Milliy dasturi ishlab chiqilib, amalga oshiriladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter