Bayram arafasida Parkent bozoriga o‘t ketdi (video)
7 martdan 8 martga o‘tar kechasi soat taxminan 23:30 atrofida Parkent tumani dehqon bozorida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berib o‘tdi.
Dastlabki xulosalarga ko‘ra, yong‘inning kelib chiqishiga elektr energiyasidan noto‘g‘ri foydalanish sabab bo‘lgan. Halok bo‘lganlar, jarohatlanganlar yo‘q.
Voqea joyiga kecha tunda viloyat hokimi Rustam Xolmatov bordi va yong‘in sabablarini chuqur o‘rganish, oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.
Ayni paytda yong‘in to‘la o‘chirilgan, hududda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, IIBB, tuman hokimligi mutasaddilari bo‘lib turishibdi. Yong‘in-qutqaruv xizmati xodimlari ish olib bormoqda.
Bozor faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter