Aholisi oylab majburiy ishlatilgan Buxoro hokimi xalq ko‘nglini ovlamoqda
Buxoroda budjet tashkilotlari xodimlari bir oy davomida Hazrati Imom qabristonini tozalashga majburlangan edi. Keyinroq viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev «Facebook»dagi sahifasida bu holatni tan olmagandi.
Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hokim eng uzoq va chekka hududlarga borib, xalq ko‘nglini ovlashga tushgan. Shunday joylardan biri Kogon tumanidagi (Buxoro shahridan 17 km. uzoqlikda) "Elobod" mahallasidir.
Xabarga ko‘ra, hokim aholiga o‘sha joyning o‘zida yordam bergan. Masalan, insultga chalingan 75 yoshi Sobir Ashurovga sentyabr oyining dastlabki o‘n kunligida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida davolanishga yo‘llanma berishni topshirgan.
Xabar berishlaricha, Buxoro hokimi yana ko‘plab oilalarga shu tariqa yordam bergan. Sayyor qabulda esa mahalliy aholining talab va istaklaridan kelib chiqib, yozda chang, qishda loy bo‘lib ketadigan shag‘al yotqizilgan (asfalt qilinmagan).
So‘nggi haftalarda hokimlar ancha harakatga tushib qolishgani sezilmoqda. Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev ham tez-tez xalq bilan uchrashib turibdi.
Ayniqsa, prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyati hokimlarini qattiq tanqid qilgach, ular xalqdan kechirim so‘ragandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter