Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Koreya Kadrlar boshqaruvi vaziri bilan uchrashdi

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Koreya Kadrlar boshqaruvi vaziri bilan uchrashdi

Foto: «arirang.uz»

2018 yil 11 sentyabr kuni vazir Sherzod Kudbiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasiga yetib bordi. Dastlabki muzokaralar Seul shahrida Kadrlar boshqaruvi vaziri Kim Pan Sok bilan bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar davlat xizmatlarini yanada takomillashtirish, davlat xizmati xodimlari malakasini oshirish va bu borada o‘zaro tajriba almashish kabi dolzarb masalalarni muhokama qildi. Xususan, vazir Kim Pan Sok O‘zbekistonda kadrlar boshqaruvi tizimini takomillashtirish va “Davlat xizmatlari to‘g‘risida”gi Qarorni ishlab chiqishda har tomonlama yordam berishga, shuningdek, Koreya Respublikasida davlat xizmatchilarini o‘qitish masalalarini ko‘rib chiqishga tayyorligini alohida ta’kidladi.

O‘z navbatida, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev ko‘rsatilgan iliq munosabat uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida kadrlar malakasini oshirish tizimi va davlat xizmatlari sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanib borishiga umid bog‘ladi.   

Uchrashuv yakunida tomonlar davlat xizmati sohasida o‘zaro tajriba va ma’lumot almashish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil Koreya Respublikasiga tashrifi yakunida imzolagan hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni amalga oshiruvchi “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldi.

    

   

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring