Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baliqchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qilindi

Baliqchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qilindi

Foto:«Fikr.uz»

Baliqchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy Axborot»  kanali xabar berdi.

Qaror bilan 2018–2021-yillarda baliqchilik sohasida ilmiy faoliyatni takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Dasturda intensiv usullarda baliq yetishtirishni joriy etish, ilmiy-texnik grantlar ajratish, venger karpi, tilyapiya, laqqasimon, kamalak foreli, qora sazan kabi yangi baliq turlarini yetishtirish belgilandi.

Shuningdek, dasturda Astraxan davlat texnika universitetining filialini ochish, Xitoyning Baliqchilik Fanlar akademiyasi bilan birgalikda O‘zbekiston hududida Qizil kitobga kiritilgan «Turkiston mo‘ylovdori»  populyasiyasini ko‘paytirish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari Turkiyaning «Chuchuk suvlar baliqchiligi» instituti bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring