Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baland tog‘larda qor yog‘ishi mumkin: haftalik ob-havo ma’lumoti

Baland tog‘larda qor yog‘ishi mumkin: haftalik ob-havo ma’lumoti

Foto: Xabar. uz

Bugun O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan biroz nam havo massalari kirib kelishi boshlandi.

Kun davomida respublika bo‘yicha havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. 

Faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

17-sentyabrda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

18-sentyabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. 19-sentyabrda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

20-sentyabrda O‘zbekistonning barcha viloyatlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati asosan kunduz kunlari 25-30 daraja, ba’zi joylarda 32 darajagacha, kechalari 12-17 daraja bo‘ladi.

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi, 16-sentyabrda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 16-17-sentyabr va 19-20-sentyabr kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanish ehtimoli bor.

Poytaxtimizda: 16-sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 29-31daraja bo‘ladi. 17 sentyabrda kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. 18-20-sentyabr kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 19 sentyabrda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Harorat kechalari 14-17 daraja, kunduz kunlari 26-29 daraja bo‘ladi.

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 3-8 m/s tezlikda esadi, 16-sentyabrda 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring