Bahodir Jalolov oilasida judolik yuz berdi

Professional boksning superog‘ir vazn toifasida jang olib borayotgan Bahodir Jalolovning bobosi olamdan o‘tdi.
Bu haqda bokschining o‘zi ma’lum qildi.
«Joyingiz jannatdan bo‘lsin bobojon! Otamdan qolgan yodgorim olamdan o‘tdilar. Duo qilib qo‘yinglar yaqinlar bobomni xaqlariga!», deya izoh qoldirdi u instagram sahifasida.
«Xabar.uz» jamoasi bokschimizga hamdardlik bildiradi.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov professional boksda 9 jang o‘tkazib, ularning barchasini muddatidan avval yakunlagan. U o‘zining so‘nggi jangini ham bir zarba bilan birinchi raunddayoq tugatib qo‘ygandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter