Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BAA aviakompaniyasining ilk samolyoti Toshkentga qo‘ndi. Matbuot anjumanidan lavhalar

BAA aviakompaniyasining ilk samolyoti Toshkentga qo‘ndi. Matbuot anjumanidan lavhalar

Foto:«Xabar.uz»

4-noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga BAAning «AIR ARABIA Abu-Dabi LLC» aviakompaniyasiga tegishli Sharja-Toshkent-Sharja yo‘nalishi bo‘yicha ilk havo kemasi kelib qo‘ndi.

Yangi reysni kutib olish jarayonida «Uzbekistan Airports» AJ ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing tashkil qildi.

Foto:«Xabar.uz»
Foto:«Xabar.uz»

BAA aviakompaniyasi endilikda Sharja-Toshkent-Sharja yo‘nalishlarida muntazam aviaqatnovlarni belgilangan jadval asosida amalga oshiradi. 

«Air Arabia» Birlashgan Arab amirliklarining alohida nufuzga ega budjet aviakompaniyasi hisoblanadi. Bosh qarorgohi Sharja shahrida joylashgan. Samolyotlari yo‘lovchi tashish bo‘yicha dunyoning 89 mamlakatiga 170 yo‘nalishda parvoz qiladi. O‘zbekistonga mazkur hamkor aviakompaniyaning Airbus-320-214 va Airbus-321-251NX rusumli havo kemalari qatnaydi.

Foto:«Xabar.uz»

COVID-19 pandemiyasining salbiy ta’siri nafaqat O‘zbekiston, balki butundunyo aviatsiya sanoatiga, fuqaro tashish, parvozlar geografiyasiga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Shunday bo‘lsada, ikki davlat o‘rtasidagi havo transportiga bo‘lgan talab, xalqaro aloqalarni o‘rnatish va  rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoj endilikda muntazam parvozlar orqali qanoatlantiriladi. 

Endilikda «Uzbekistan Airports» AJ Air Arabia aviakompaniyasi bilan endilikda Abu-Dabi-Toshkent-Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha ham yurtimizga o‘z yo‘lovchilarini tashishi yuzasidan kelishuvlar olib bormoqda.

Foto:«Xabar.uz»

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring