Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aziz Abduhakimov va Adham Ikromov yangi lavozimni egallaydi

Aziz Abduhakimov va Adham Ikromov yangi lavozimni egallaydi

Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi a’zolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

2022 yil 18 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari –Turizm va madaniy meros vaziri lavozimiga Aziz Abduhakimov nomzodini ko‘rib chiqdilar va ma’qulladilar.

Shundan so‘ng deputatlar Sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga Adham Ikromov nomzodini ko‘rib chiqdilar va ma’qulladilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring