«Azimut» aviakompaniyasi Rossiyadan O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshiradi
Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi.
Bu haqda Fuqaro aviatsiyasi agentligi xabar berdi.
«Aviakompaniya Azimut» AJ quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
— Rostov-na-Donu-Samarqand- Rostov-na-Donu;
— Rostov-na-Donu-Urganch- Rostov-na-Donu;
— Krasnodar-Urganch-Krasnodar;
— Mineralnie Vodi-Urganch-Mineralnie Vodi.
Parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi havo aloqalari to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuv asosida berilgan.
Kompaniya parvozlarni RRJ-95B samolyotlarida amalga oshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter