Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayollarda liderlik qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha trening o‘tkazildi

Ayollarda liderlik qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha trening o‘tkazildi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda  oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar ayol kadrlar uchun  «Oliy ta’lim sohasidagi rahbar ayollarning liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Unda Buyuk Britaniyaning oliy ta’limda boshqaruv va liderlik  masalalari bilan shug‘ullanuvchi Advance HE tashkiloti bosh ijrochi direktori Alison Jons hamda ekspert Djo Shafferlar ishtirok etdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Seminar-treningning ochilishida  O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzilya Norbayeva,  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzokboy Begimkulov, O‘zbekistondagi Buyuk Britaniya elchisi o‘rinbosari Devid Spayers, O‘zbekistondagi Britaniya kengashi direktori Reychel Aylend ham nutq so‘zladi.

Seminar-trening davomida shuningdek bugun oliy ta’limda liderlik masalalari, ta’lim sohasidagi  ayollarda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning o‘ziga xos jihatlari, zamonaviy boshqaruv modellari bo‘yicha Alison Jons va Djo Shafferlar ishtirokidagi mahorat darslari, interaktiv muhokamalar, shuningdek  Buyuk Britaniyalik mutaxassislar bilan on-layn forumlar bo‘lib o‘tadi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring