«Ayollar daftari»ga kiritilganlarga 33 milliongacha kredit beriladi
«Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (2-son, 08.01.2021 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, «Ayollar daftari»kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga BHMning 150 baravarigacha (33 mln 450 ming so‘m) miqdorda kreditlar ajratiladi.
Kreditlarning foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasida belgilanadi.
Kreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda Xalq bankining tuman (shahar) filiallari tomonidan «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarning familiya, ismi, otasining ismi bo‘yicha alfavit tartibida shakllantirilgan qat’iy navbat asosida ajratiladi.
Shuningdek, Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlar asosida «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarga BHMning ikki baravaridan to‘rt baravarigacha (446 ming so‘mdan 892 ming so‘mgacha) miqdorda bir martalik moddiy yordam berilishi mumkin.
Bir martalik yordam olgan xotin-qizlar «Ayollar daftari»dan chiqarilmagan yoki bir yil ichida qayta kiritilgan hollarda bir martalik moddiy yordam bir kalendar yili davomida bir marotaba beriladi.
Bundan tashqari, sektorlar rahbarlari hamda tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining xulosasi asosida «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarga turar joy ijara kompensatsiyasi to‘lab beriladi.
Turar joy ijarasi to‘g‘risidagi shartnoma 2021 yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan muddatga tuzilib, to‘lovlar ijaraga beruvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lanadi.
«Ayollar daftari»ga ikki va undan ortiq ortiq masalalarini hal etish uchun kiritilgan xotin-qizlarning barcha masalalari to‘liq hal etilgach, daftardan chiqariladi.
Daftardan chiqarilgan xotin-qizlar tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tomonidan 5 kun ichida bu haqda yozma ravishda xabardor qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter