Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayiq qafasiga tashlangan qizaloq uyiga qaytdi — SSV

Ayiq qafasiga tashlangan qizaloq uyiga qaytdi — SSV

Foto: SSV matbuot xizmati

Shu yilning 28-yanvarida hayvonot bog‘ida ayiq qafasiga tashlab yuborilgan qizaloqning Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati qizaloq uyiga ruxsat berilgani haqida xabar berdi.

«Bugun barcha tibbiy ko‘riklar ijobiy natija ko‘rsatgani va bolaning ruhiy holati me’yorida ekani inobatga olinib, unga yaqinlari hamrohligida uyiga ruxsat berildi. Qizaloq hozircha buvisining qaramog‘ida bo‘ladi», deyiladi xabarda.

Estatib o‘tamiz, Bosh prokuratura Toshkent hayvonot bog‘ida ona 3 yoshli qizini ayiqlar voleriga tashlab yuborganligi bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan tergov olib borilayotganini xabar bergandi. Mahkama matbuot xizmatiga ko‘ra, ishga ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan ayol 2021 yilning iyul oyidan buyon ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turgan. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan jajji bemor Z.A.ning 18 yoshga to‘lguniga qadar salomatligini doimiy nazorat qilish uchun Bolalar milliy tibbiyot markazi va uning direktori, tibbiyot fanlari doktori Alisher Sharipov shaxsan mas’ul etib belgilangan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring