O‘zbekiston va BAA o‘rtasida axborot sohasi bo‘yicha hamkorlik kuchaytiriladi
14-oktyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi delegatsiyasining Birlashgan arab amirliklariga xizmat safari boshlandi.
«Maqsad — O‘zbekiston va Birlashgan arab amirliklari o‘rtasida axborot sohasi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ikki tomonlama manfaatli kelishuvlarga erishishdan iborat» deyiladi AOKA matbuot xizmati xabarida.
Tashrifning birinchi kunida BAA Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Abdulla Bin Touk, Hukumatning kommunikatsiyalar bo‘yicha ofisi ijrochi direktori X. Husayn, Dubayning Media ofisi Bosh direktori Al. Mari, BAA hukumati a’zosi, davlat vaziri A. S. Al Jabbor bilan uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter