Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Axborot mahsulotining yoshga oid tasniflarini aniqlash bo‘yicha ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibi ishlab chiqildi

Axborot mahsulotining yoshga oid tasniflarini aniqlash bo‘yicha ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibi ishlab chiqildi

«Farzand tarbiyasi mas’uliyat va javobgarlikni talab etadi. So‘nggi paytlarda turli veb-saytlarda zo‘ravonlikka, qotillikka, o‘z joniga qasd qilishga, qo‘poruvchilikka, fahshga, turli oqimlarga da’vat qiluvchi, shuningdek, qadriyatlarimizga mutlaqo yot g‘oyalarni singdirishga qaratilgan axborotlar uchrab turibdi. Buning oldini olishni esa kechiktirib bo‘lmaydi», — deb yozmoqda AOKA matbuot kotibi Hikmatilla Ubaydullayev o‘zining telegramdagi kanalida.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan axborot mahsulotining yoshga oid tasniflarini aniqlash bo‘yicha ekspertlarni akkreditatsiya qilish, akkreditatsiya to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish, akkreditatsiya qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish, akkreditatsiyani to‘xtatib turish yoki bekor qilish bo‘yicha alohida tartib ishlab chiqildi.

Mazkur hujjat bilan yuridik va jismoniy shaxslarning ekspert sifatida akkreditatsiya attestatini olishi qanday tartibda amalga oshirilishi belgilab berilgan.

Jumladan, bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot mahsulotlarini yoshga oid tasniflash maqsadida jalb etiladigan jismoniy shaxslar oliy ma’lumotga, maxsus bilimlarga, jumladan, pedagogika, yosh psixologiyasi, yosh fiziologiyasi, bolalar psixiatriyasi sohalariga oid bilimlarga ega bo‘lishi lozim.

Akkreditatsiyaning amal qilish muddati — besh yil. Akkreditatsiya qilingan ekspertlar va ekspert tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya etishlari shart.

Akkreditatsiyadan o‘tmoqchi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar amalda belgilangan tartibda Agentlikka murojaat qilishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring