Avtobus piyodani urib yubordi
2019-yil 23-dekabr kuni soat 18:10larda Surxondaryo viloyati Angor tumani hududidan o‘tuvchi M-39 «Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lining 1427-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Haydovchi, Sherobod tumanida yashovchi 1960 yilda tug‘ilgan S.F. o‘ziga biriktirilgan «ISUZI» rusumli avtobusni boshqarayotib, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siq ustidan to‘satdan sakrab o‘tgan piyoda, Sherobod tumanida yashagan, 1960 yilda tug‘ilgan O‘.T.ni urib yuborgan. Natijada piyoda O‘.T. voqea joyida halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter