Asaka hokimi fuqaroni mensimasdan gaplashgani videosi tarqaldi. Videoni tarqatgan xodim jazolangan
Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumani hokimi fuqarolar bilan mensimaganlik ohangida, qo‘lini cho‘ntagiga tiqib gaplashgani aks etgan video tarqaldi.
Ma’lum bo‘lishicha, ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida aholi bilan uchrashuv jarayonida olingan. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
«Ushbu jarayon onlayn tarzda tuman hokimligining rasmiy telegram kanalida berib borilgan va muxokamlarga sabab bo‘lgan video e’tiborsizlik tufayli joylangan. Bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan mas’ul hodimlarga nisbatan tushuntirish ishlari olib borildi va belgilangan tartibda chora ko‘rildi», deyiladi xabarda.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: hokimning tashrifini yoritgan xodim aybdormi yoki fuqaro bilan qo‘lini cho‘ntagiga solib gaplashgan hokim?
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter