Asadjon Xodjayev AOKAga rahbar etib tayinlandi
Asadjon Xodjayev Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga direktor etib tayinlandi.
Asadjon Xo‘jayev 2003–2004-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparatining yetakchi konsultanti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligini rivojlantirish loyihasi rahbari o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
2004–2011-yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari, 2011-2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktori, 2012-2017-yillarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori, 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri apparati mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati rahbari kabi lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter