AQSh davlat departamenti delegatsiyasi Sirdaryoga keldi
![AQSh davlat departamenti delegatsiyasi Sirdaryoga keldi](https://static.xabaruz.com/crop/2/0/720_460_95_208289269.jpg)
Bugun AQSh davlat departamentining Odam savdosiga qarshi kurashish va monitoring boshqarmasi, Tashqi siyosat masalalari bo‘yicha vakili A.Fender boshchiligidagi delegatsiya Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Andryu Fender boshchiligidagi delegatsiya xodimlari Djuliya Reynits, Reychel Rabalar Sirdaryo viloyatida Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha viloyat komissiyasi a’zolari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi.
Suhbat davomida delegatsiya vakillariga malakatimizda, shu jumladan Sirdaryo viloyatida odam savdosiga qarshi kurashish borasida hamda majburiy mehnatga qarshi olib borilayotgan ishlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ijobiy natijalar hamda komissiya faoliyatiga kiritilgan rejalar bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/17/720__rdYbzlO30Ua09O7cKjpRaxoIW9tv5pA_.jpg)
«Ayniqsa, mamlakatimizda bolalar mehnatiga butunlay barham berilganligi, qishloq xo‘jaligi ishlari, hududlarni obodonlashtirishva ko‘kalamzorlashtirish davrida kattalarning majburiy mehnatidan foydalanishga chek qo‘yish bo‘yicha misli ko‘rilmagan chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi aniq misollar orqali tushuntirilib, bu borada fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kafolatli himoyalash, fuqarolik jamiyati vakillari va mazkur sohadagi xorijiy nohukumat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash bo‘yicha ish olib borilayotganligi aytib o‘tildi» deyiladi xabarda.
Tadbir yakunida odam savdosi hamda majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida xorijiy nohukumat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish kelishib olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter